To`lovlardan bo`yin tovlash maqsadida tartib-qoidalarni chetlab o`tishga uringan kimsalar bojxona organlari tomonidan o`z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijiy davlatdan mamlakatimizdagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan velosiped ehtiyot qismlarini “Marg`ilon” TIF postida belgilangan tartibda ko`zdan kechirishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, yuklar orasida hujjatlarda ko`rsatilmagan umumiy qiymati 151 million so`mlik velosiped va uning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






