2019 yil 15 dekabr kuni taxminan soat 23:30larda 32 yoshli M.M. “Cobalt” rusumli avtomashinasini “Tuzloq” mahallasi hududidan o`tuvchi ichki yo`lda boshqarib kelib, shu yo`nalishda o`zining oldida harakatlanib ketayotgan, 43 yoshli N.S. boshqaruvida bo`lgan “Tico” rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda, “Tico” avtomobili yo`lovchilari 43 yoshli O`.A. va ayollar 42 yoshli B.J., 41 yoshli D.Yu., 17 yoshli Yo.R.lar og`ir tan jarohati olib, Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ularning barchasi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






