AsosiyJamiyat

Buxorodagi maktab xojatxonasidan mashg`ulotlar paytida foydalanilgani tasdiqlandi

'Buxorodagi maktab xojatxonasidan mashg`ulotlar paytida foydalanilgani tasdiqlandi'ning rasmi

Kogon shahridagi 9-umumta`lim maktabining hojatxonasida sinf tashkil etilganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan xabar mutaxassislar tomonidan o`rganildi. Bu haqda Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qildi.

Foto: «Podslushano v Buxare»

Axborot xizmatiga ko`ra, maktab 1986 yilda qurilgan 1176 o`rinli zamonaviy binoda joylashgan bo`lib, 2019/2020-o`quv yilida 1573 nafar o`quvchiga ta`lim-tarbiya berib kelinmoqda.

Maktab binosi 3 qavatdan iborat bo`lib, har bir qavatida ichki hojatxona, yuvinish xonalari loyihalashtirilgan. Biroq, 3-qavatdagi hojatxona va yuvinish xonasidan yillar davomida foydalanilmagan.

Hojatxona uchun ajratilgan joy sinfxona sifatida foydalanish uchun emas, balki ayrim hollarda o`quvchilar bilan alohida sinfdan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish uchun rekonstruksiya qilingan.

Ikkinchi rasmda ko`rsatilgan xona 2x1 o`lchamli kichkina yuvinish xonasi bo`lib, unga umuman o`quvchilar kiritilmagan.

Foto: Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati

«Yuqorida tasvirlangan xonadan foydalanish to`xtatildi va sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazish uchun ikkinchi smenada bo`shaydigan sinf xonalaridan foydalanish tashkil etildi», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar