AsosiyJamiyat

“Neksiya” chuqurga tushib ketdi

'“Neksiya” chuqurga tushib ketdi'ning rasmi

14-dekabr kuni taxminan soat 19.10 da Mirzo-Ulug`bek tumanidagi Oltintepa ko`chasida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi: 39 yoshli “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi Bobir E. boshqaruvni bajara olmagan. Natijada avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va to`siqlarni chetlab, ta`mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan. 

Hodisa tufayli hech kim jabr ko`rmadi.

“Neksiya” haydovchisining gaplariga qaraganda, YTHga yo`lda avariyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bo`lgan, ammo o`sha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qololmagan. Ushbu faktni tekshirish bo`yicha choralar ko`rilmoqda.

Qiziqarlisi shundaki, chuqurlik qazilishiga sabab bo`lgan gazo`tkazgichning ta`mirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Ilgariroq (22-noyabr kuni) ta`mirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 147-moddasi bo`yicha, ya`ni ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar o`rnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar