1

Imkoniyati cheklangan fuqaro uyiga tashrif buyurgan “Pasport xizmati” to`g`risida fikrini bildirdi

Jamiyat 17.12.2019, 10:35
Imkoniyati cheklangan fuqaro uyiga tashrif buyurgan “Pasport xizmati” to`g`risida fikrini bildirdi

15dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Facebook sahifasiga Vladlena Shvabauer ismli foydalanuvchi murojaat qilib, suratlar yuborib, Toshkent shahar IIBB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi xodimlarining ishidan yaxshi taassurot qolganligini ma`lum qildi.

Shu kuni migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi xodimlari murojaatchining qarindoshining uyiga biometrik pasport rasmiylashtirish uchun uni suratga olish uchun kelishgan. “Juda xushmuomala va ko`ngilchan insonlar!” – deb maqtadi Vladlena mehmonlarni. Ushbu maqtov MvaFRBga etkazilgan.

Qachonlardir bu kabi holatni tasavvur qilish qiyin edi: ilgari harakatlanish imkoniyatlari cheklangan insonlar yillab amal qilish muddati o`tib ketgan hujjatlar bilan yurishga majbur bo`lishgan. Bugun esa bunday bemorlar MvaFRBga murojaat qilib, biometrik ma`lumotlarni olish uchun xodimlarni uyga yoki tibbiyot muassasasiga taklif qilish imkoniyatiga egadirlar.

Eski nusxadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddati tugashiga oz qoldi, shuning uchun pasportni yangilash masalasi hozirda juda dolzarb. Imkoniyatlari cheklangan insonlarning qarindoshlari MvaFRBga murojaat qilib, pasport almashtirish uchun ariza qoldirishlari, eski pasportni topshirib, u bilan birga bemorni holatini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi zarur (fuqaro salomatlik holati sababli MvaFRBga shaxsan kelish imkoniyati yo`qligini tasdiqlovchi tibbiyot muassasasining ma`lumotnomasi, davolovchi shifokorning xulosasi yoki mahalla akti). Shuningdek davlat bojini to`lab, aloqa uchun ma`lumotlar qoldirish kerak. Shundan so`ng, xodimlar biometrik ma`lumotlarni to`plovchi maxsus ko`chma stansiya bilan imkoniyatlari cheklangan fuqarodan uning turar joyida yoki davolanish muassasasida xabar olishadi.

Imkoniyati cheklangan insonlar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportini olishlari bilan bog`liq barcha savollar bilan Toshkent shahar IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga quyidagi raqamlar orqali: 71-230-38-05, 71-230-38-07, 71-230-38-22, shuningdek yashash joyi bo`yicha migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi (“pasport stoli”) raqamlari  orqali murojaat qilish mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1