1

Intenetda xalq g`azabiga duchor bo`lgan "mushtumzo`rlar" kechirim so`radi (video)

Jamiyat 17.12.2019, 10:47
Intenetda xalq g`azabiga duchor bo`lgan "mushtumzo`rlar" kechirim so`radi (video)

Xabaringiz bor, avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o`smirni uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, ularning tanalarining turli joylariga qo`l bilan urib oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan video keng tarqaldi. Olib borilgan tezkor tekshiruv va qidiruv ishlari natijasida mazkur mushtumzo`rlar topilgani ma`lum qilindi.

Bugun mana shu yigitlar, internet tarmog`ida xalq nafratiga duchor bo`lgan aybdorlar televileniya orqali xalqdan kechirim so`rashdi.

Ulardan birining ma`lum qilishicha, mazkur voqea 2018 yilning mar oyida Angrenda sodir bo`lgan. Yigitlar uchrashib, gaplashib o`tirgan va keyinchalik urishib, janjalga aylanib ketgan.

Undan keyin yigit borib jabrdiydaning oilasidan va o`zidan uzr so`raganini, shuningdek, hozir afsusdaligini ma`lum qilgan.

Yana bir yigit esa ushbu voqaega Ichki ishlar ham tibbiy yordam ham aralashmaganini, o`zaro hal qilishganini aytgan.

Videoga olgan yigit esa janjalboshining eng yaqin do`sti bo`lib, ijtimoiy tarmoqqa ham o`zi joylaganini, biroq bundan judayam afsusdaligini bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1