AsosiyJamiyat

MIB Chilonozorda ishchining 22 mln. so`mlik ish haqini undirib berdi

'MIB Chilonozorda ishchining 22 mln. so`mlik ish haqini undirib berdi'ning rasmi

Ishchi xodimga berilmay qolgan katta miqdordagi ish haqi undirib berildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi. 

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo`limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudining 08.07.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor ish beruvchi tashkilotdan undiruvchi F.A.ning  foydasiga 22 mln. 188 ming so`m miqdoridagi ustama va qo`shimcha  haqlar undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan edi va bu haqida qarzdor ish beruvchi tashkilotga topshirilgan.

  Olib borilgan ijro harakatlari natijasida ish beruvchi tashkilotdan undiruvchi F.A. ga 22 mln. 188 ming so`m miqdoridagi oyliq ish haqlari undirib berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar