1

“Honda” va “Mazda”ning O`zbekistondan chiqib ketish muddatini buzgan chet el fuqarolari 76 mln so`m jarimaga tortildi

Jamiyat 17.12.2019, 12:38
“Honda” va “Mazda”ning O`zbekistondan chiqib ketish muddatini buzgan chet el fuqarolari 76 mln so`m jarimaga tortildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumot asosida o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Moldova Respublikasi fuqarolari (1996 yilda tug`ilgan) C.S boshqaruvida bo`lgan “Honda” hamda (1988 yilda tug`ilgan) P.V boshqaruvidagi “Mazda” avtotransport vositalari to`xtatilib unga tegishli hujjatlar ko`zdan kechirilganida Respublika hududiga kirib kelish chog`ida to`ldirilgan majburiyatnomalari qasddan qo`pol ravishda buzilganligini aniqlandi.

Unga ko`ra Moldova Respublikasi fuqarolari C.S hamda P.V boshqaruvida bo`lgan “Honda” va “Mazda” avtotransport vositalarining chiqib ketish muddati (Honda)171 kunga, (Mazda) 204 kunga o`tkazib yuborilgan bo`lib jami 76 363 000 so`m miqdorida bojxona to`lovlari hisoblandi. 

Xolat yuzasidan Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1