1

“Yil mavsumlari” respublika bo`ylab bolalar rasmlari tanlovi e`lon qilindi

Jamiyat 17.12.2019, 14:58
“Yil mavsumlari” respublika bo`ylab bolalar rasmlari tanlovi e`lon qilindi

2020 yilning 15 yanvaridan 15 martigacha “O`zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Bolalar nazaridagi dunyo” markalarning maxsus seriyasini nashr qilish uchun “Yil mavsumlari” respublika bo`ylab bolalar rasmlarining tanlovi o`tkaziladi. 

Mazkur tanlov O`zbekiston Respublika Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligi va O`zbekiston Badiiy akademiyasi ko`magida tashkil etilmoqda. 

Tanlovning har bir ishtirokchisi qalin oq qog`ozda akvarel yoki guash bo`yog`ida chizilgan 4 ta rasm jo`natib, ularda yilning to`rt mavsumi aks ettirishi kerak.

Tanlov g`oliblarini ajoyib sovg`alar kutmoqda.

Manzil: Toshkent, Navoiy ko`chasi, 28B-uy, “O`zbekiston Pochtasi” AJ filiali.

Batafsil ma`lumot uchun telefon: +99871 244-39-36

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1