Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 17 dekabr kuni 51 ta lot uchun o`tkazilgan savdolar o`z nihoyasiga etdi.
Onlayn auksion natijalari quyidagicha:
🔺boshlang`ich narxi 2,3 mln.so`m bo`lgan Vaz-2106 uchun 128 kishi savdoda qatnashib, narx 246 qadam oshirilgan. Natijada mulk 19,4 mln.so`mga sotib olindi.
🔺boshlang`ich narxi 2,3 mln so`m bo`lgan yana bir Vaz-2106 uchun 160 kishi raqobat olib bordi. Lot 22,2 mln.so`mga sotildi.
🔺boshlang`ich narxi 7 mln so`m bo`lgan Damas uchun 83 kishi kurashib, 34,6 mln.so`m taklif qilgan ishtirokchi g`olib bo`ldi.
🔺2 ta har birining boshlang`ich bahosi 3,2 mln.so`m bo`lgan Tico avtomobillari uchun yuzdan oshiq ishtirokchilar musobaqalashdilar. Birinchi Tico avtomobili uchun narx 152 qadam oshirilib, 17,9 mln.so`mga sotilgan bo`lsa, ikkinchi Tico uchun narx 169 qadam ko`tarilgan. Natijada 22,7 mln.so`mga sotib olindi.
🔺boshlang`ich narxi 135 mln.so`m bo`lgan Isuzu avtotransportini sotib olish uchun 18 nafar shaxs ariza bergan. Savdo natijalariga ko`ra ushbu mulk 297 mln.so`mga sotildi.
Shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani Bo`ston shaharchasi yonida joylashgan uy-joy qurish uchun har birining boshlang`ich bahosi 1,8 mln.so`m bo`lgan 22 ta er uchastkasi uchun onlayn-auksion savdolari yakunlandi. Ulardan biri 1,9 mln.so`mga sotilgan bo`lsa, qolgan 21 ta er uchastkalari 8 mln.so`mdan 17 mln.so`mgacha bo`lgan narxda sotib olindi.4 sotixli er uchastkalari uchun o`rtacha 4-10 kishi talabgor chiqqan.






