AsosiyJamiyat

Endi bolalar bog`chaga bir yoshdan qabul qilinadimi?

'Endi bolalar bog`chaga bir yoshdan qabul qilinadimi?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Shundan so`ng, ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekistonda bolalarni bir yoshdan bog`chaga berishga ruxsat berildi” degan xabarlar paydo bo`ldi.

Ushbu ma`lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida “darakchi.uz” Adliya vazirligi mutaxassisi bilan bog`landi.

Unga ko`ra, Qonunda bolalarni bir yoshdan MTTga qabul qilish belgilangani haqidagi xabarlar noto`g`ri. Ushbu Qonunning 33-moddasida umumiy turdagi davlat MTTga bolalarni qabul qilish vakolati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tartibda esa davlat MTTga qabul qilish uch yoshdan qilib belgilangan.

Boshqa yangiliklar