1

TEZKOR: Yunusobod metro liniyasining qurilishi paytida favqulodda holat yuz berdi

Jamiyat 18.12.2019, 13:11
TEZKOR: Yunusobod metro liniyasining qurilishi paytida favqulodda holat yuz berdi

Bugun, 2019 yil 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Hozirgi vaqtda hodisa O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari - transport vaziri Achilboy Ramatovning shaxsiy nazorati ostida, ichki tekshiruv olib borilmoqda.

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ raisi Xasilov H.N. voqea joyida. Voqea tafsilotlari va qurbonlarning borligi to`g`risidagi ma`lumotlar o`rganilmoqda, boshqa masalalar tezda hal qilinmoqda.

Tergov natijalari tez orada e`lon qilinadi, deb yozadi “O`zbekiston temir yo`llari” Axborot-tahliliy media markazi.

Toshkent shahar hokimligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Yunusobod yo`nalishining yangi qurilayotgan qismida yomg`irning surunkali yog`ishi oqibatida tahminan 250 m3 tuproq o`pirilib tushgan.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlarning yozishicha, hodisa joyiga o`nlab tez yordam mashinalari kelgan, hodisa yuz berishidan oldin portlash ovozi eshtilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1