1

SSV: Yunusobodda er o`pirilishi vaqtida hech kim jabrlanmagan

Jamiyat 18.12.2019, 13:28
SSV: Yunusobodda er o`pirilishi vaqtida hech kim jabrlanmagan

Bugun, 2019 yil 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat qisman er o`pirilishi yuz bergan.

Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan. 

Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo`q. Voqea guvohi bo`lgan 1975 yil tug`ilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgan. Ayni paytda unga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda hodisa O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari - transport vaziri Achilboy Ramatovning shaxsiy nazorati ostida, ichki tekshiruv olib borilmoqda.

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ raisi Xasilov H.N. voqea joyida. Voqea tafsilotlari va qurbonlarning borligi to`g`risidagi ma`lumotlar o`rganilmoqda, boshqa masalalar tezda hal qilinmoqda.

Tergov natijalari tez orada e`lon qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1