AsosiyJamiyat

«Cobalt»dagi tovarlar manziliga etib bormadi

'«Cobalt»dagi tovarlar manziliga etib bormadi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan 45-sonli YPX maskanida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib  ko`zdan kechirilganida, uning ichida Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi (1996 yilda tug`ilgan) B.Bga tegishli bo`lgan hech qanday hujjatlari bo`lmagan ayollar qishki kurtkalarini yurtimizga tijoriy maqsadlarda olib kirayotganligi aniqlandi.

 Dastlabki surishtiruv natijalariga ko`ra ushbu tovarlarning qiymati 81 million so`mni tashkil etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya ma`lum qilmoqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi.

Boshqa yangiliklar