1

Farg`ona va Nukus aeroportlari yopildi

Jamiyat 18.12.2019, 14:42
Farg`ona va Nukus aeroportlari yopildi

Uzbekistan Airways meteorologik sharoit(tuman, etarli darajada ko`rish imkoniyatining mavjud emasligi) sababli bir qator reyslar kechikishi va boshqa vaqtga ko`chirilish haqida ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan Farg`ona va Nukus aeroportlari vaqtincha yopilgan. “Farg`ona-Moskva“ yo`nalishidagi HY-627 reysi Farg`ona aeroportida etarli darajada ko`rish imkoniyati yo`qligi tufayli boshqa vaqtga ko`chirilgan.

“Toshkent - Nukus“ yo`nalishidagi HY-017 reysi keyinga qoldirilgan.

“Tushunishingizdan umidvormiz!“ deya yo`lovchilar va kutib oluvchilarga murojaat etgan aviakompaniya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1