1

Vatan posbonlari o`quv me`yorlari bo`yicha sinovlardan o`tishdi

Jamiyat 18.12.2019, 15:12
Vatan posbonlari o`quv me`yorlari bo`yicha sinovlardan o`tishdi

Bo`linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, ularning tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va muassasalarida o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi. 

Harbiy qismlar berilgan buyruqqa asosan qisqa fursatda jangovar shaylikka keldi va o`ziga biriktirilgan harbiy texnikalarga kelib joylashishdi.

Bo`linmalar dala-o`quv maydoniga kalonna tarkibida harakatlandi. Bu jarayonda texnika xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishga e`tibor qaratildi.

Ta`kidlash joizki, so`nggi yillarda o`tkazilayotgan bunday o`quvlarda Qurolli Kuchlar tuzilmalari hamkorligini ta`minlashga harakat qilinmoqda. Maqsad olib boriladigan jangovar o`quv mashg`ulotlarining samaradorligini yanada oshirish. Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligida kechgan yig`ilishda o`quv mashg`ulotini amalga oshirish yuzasidan komandirlarning qabul qilgan qarorlari tinglandi. 

Harbiy xizmatchiga qo`yilayotgan bugungi talab, o`z bilim va ko`nikmalarini muntazam oshirib borish, jangovar shaylikni bir zum bo`lsin, qo`ldan boy bermaslik. Ana shu maqsadda dala-o`quv maydoniga kelib joylashgan Vatan posbonlari turli o`quv me`yorlari bo`yicha sinovlardan o`tishdi. 

Dala-o`quv maydoning bir nuqtasida harbiy xizmatchilar ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish kiyimini belgilangan vaqtda kiyish bo`yicha me`yorlarni bajarishayotgan bo`lsa, ikkinchi nuqtada minamyotchilar batareyasi ish olib bormoqda.

Yurt qalqonlari o`quvlar davomida AK-74 avtomatidan birinchi va ikkinchi o`q otish me`yorlarini ham bajarishdi. 

Desantchilar jangovar mashinasidan otish va boshqarish mashqlarida ham shaxsiy tarkib o`z salohiyatini namoyish qilishdi. 

O`tkazilgan mazkur o`quv mashg`ulotlari qo`shinlar jangovar shayligini yanada takomillashtirishda yana bir qadam bo`ldi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1