1

“O'zlidep”dan deputatlikka nomzod javobgarlikka tortildi

Jamiyat 18.12.2019, 15:18
“O'zlidep”dan deputatlikka nomzod javobgarlikka tortildi

Deputatlikka nomzod bo`lgan shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko`ra, deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko`rsatish bilan qo`shib olib borish taqiqlangan bo`lishiga qaramasdan, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi ko`rsatilgan A.M.Axmedov 15.12.2019 yilda Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” mahalla fuqarolar yig`ini va 16.12.2019 yilda “Katta Chilonzor-2” mahalla fuqarolar yig`ini hududida o`tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, “O'zlidep” logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali, rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog` mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini ko`rsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Deputatlikka nomzod A.M.Axmedov o`z harakatlari bilan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan. 

Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan A.M.Axmedovga nisbatan MJtKning 515-moddasi bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun ma`muriy ishlar bo`yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1