1

Qiz o`z onasini o`ldirib, keyin o`z joniga qasd qildi

Jinoyat 18.12.2019, 16:03
Qiz o`z onasini o`ldirib, keyin o`z joniga qasd qildi

2019 yil 16 dekabr kuni soat 13:30 larda Angren shahar, 5/4-dahasi, 7-uy, 16-xonadonda yashovchi 1944 yilda tug`ilgan jinsi ayol bo`lgan V.P.ning murdasi uyning dahlizida bo`yin, bosh va qorin sohalarida o`tkir kesuvchi jism ta`sirida etkazilgan sanchilgan va kesilgan jarohatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura darakchi.uz saytiga ma`lum qildi.

Shuningdek, ushbu xonadonda yashovchi P.Vning 1971 yilda tug`ilgan qizi T.V bo`yin sohasida kesilgan jarohatlari bilan og`ir ahvolda topilib, shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. 

Aniqlanishicha, shu kuni T.V onasi P.V bilan o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan onasining bo`yin, bosh va qorin sohalariga urib qasddan o`ldirib, so`ngra yuvinish xonasiga kirib, u erda bo`lgan lezviya bilan o`zining bo`yin sohasiga jarohat etkazib, o`z joniga suiqasd qilgan. 

Angren shahar sud-tibbiy ekspertizasining 16.12.2019 yildagi                       141-sonli dastlabki xulosasiga ko`ra, P.Vning o`limiga bo`yin sohasiga o`tkir kesuvchi jism ta`sirida etkazilgan jarohatlar sabab bo`lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan 16.12.2019 yilda T.Vga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, T.V JPKning 221-moddasi tartibida gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1