Farg`ona tumanida yashovchi, uy bekasi B.M, 2019 yil iyun oyi boshlarida o`ziga oldindan tanish bo`lgan Farg`ona tumani Ilg`or MFYda yashovchi fuqaro A.Gni kiyim oldi sotdisi bilan shug`ullanayotganligidan xabar topadi. Uni aldab, ishonchini suiste`mol qilish orqali mulkini qo`lga kiritish ilinjida yashash xonadoniga borib, A.Gga oilaviy sharoiti og`ir bo`lganligi sababli savdo ishlari bilan shug`ullanib qo`shimcha daromad qilmoqchiligini, ammo ish boshlashga mablag`i etarli emasligini aytib, G.A.Axunova sotish uchun olib kelgan kiyimlaridan 1 oy ichida pullarini berish sharti bilan berib turishini so`raydi.
Olgan kiyimlarni Farg`ona shahridagi ish joyiga olib borib hamkasblariga sotib, pullarini shu oy maoshidan yig`ib keltirib berishi aytib aldab, undan jami 1.640 000 so`mlik turli xil kiyimlarni olib, ularni Farg`ona shaxridagi kiyim bozorida notanish shaxslarga sotib, pullarini o`zini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, G.A.Axunovaga firibgarlik yo`li bilan jami 1.640 000 so`m moddiy zarar etkazib, pullarni shu kunga qadar turli bahonalar bilan bermasdan kelgan.
Fuqaro B.M o`zining yuqoridagi jinoiy harakatlari bilan, xavfli residivist bo`lgan xolda, aldash ishonchini suiste`mol qilish orqali fuqaro A.Gni jami 1.640 000 so`mlik mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandida ko`rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.
Bundan tashqari, fuqaro B.M o`zining jinoiy xarakatlarini davom ettirib, takroran 2019 yil iyun oyi o`rtalarida Farg`ona tumani Cheksho`ra MFYda yashovchi fuqaro R.M Xitoy davlatidan kelinlar uchun sep tovarlar olib kelib sotishidan xabar topib, uni aldab, ishonchini suiste`mol qilish orqali mulkini qo`lga kiritish ilinjida yashash xonadoniga borib, R.Mga yaqinda qizini turmushga berayotganligini, qizining sepi uchun tovarlar sotib olishi lozimligini, ammo oilaviy sharoiti og`ir bo`lganligi sababli pulga qiynalayotganligini, agar rozi bo`lsa to`ydan keyin pullarini berish sharti bilan tovarlaridan sotib olmoqchiligini aytib, R.Mni ishonchiga kirib, undan jami 4.350.000 so`mlik turli xil tovarlar sotib olib, ularni Farg`ona shahridagi kiyim bozoriga olib borib, notanish shaxslarga sotib, pullarini o`zini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, firibgarlik yo`li bilan R.Mga jami 4.350 000 so`m moddiy zarar etkazib, pullarni shu kunga qadar turli bahonalar bilan bermasdan kelgan.
Fuqaro B.Mga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandiga asosan jinoiy ish qo`zg`atilib, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudi ixtiyoriga yuborildi.






