Xabaringiz bor, o`tgan oyda hali qish mavsumi boshlanmasdan turib tabiiy gazni aholiga etkazib berish bog`liq bir qancha muammolar, uzilishlar yuzaga kelgan edi. Uning sababi sifatida esa noqonuniy ulanishlar ko`rsatilgan bo`lib, natijada ketgan gaz miqdori bilan aholidan kelib tushgan to`lovlar orasida tafovutlar yuzaga kelgan edi. MIB ana shu noqonuniy ulanishlarni aniqladi.
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning kuz qish mavsumi davomida, jami 285 ta issiqxonalar o`rganilib, 49 ta holatda huquqbuzarlik aniqlanib, dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. Aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2.110.152.000 so`m zarar hisob-kitob qilingan.
Jumladan, Toshkent viloyati, Qibray tumani, O`nqo`rg`on qishloq fuqarolar yig`inida joylashgan 1,5 ga maydonga ega bo`lgan issiqxonada pomidor ko`chatlarini etishtirishda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu hududda o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, yana 3 ta issiqxonalarda yana ana shunday huquqbuzarliklar aniqlandi:
1-issiqxonada 244 mln. 992 ming so`m;
2-issiqxonada 605 mln. 640 ming so`m;
3-issiqxonada esa, 412. mln. 272 ming so`m zarar etkazilgan.
Tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.