Bugun, 18 dekabr kuni soat 10:00 atrofida Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishi qurilishining ochiq uchastkasida tuproq o`pirilishi ro`y berdi.
Hukumat farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining qurilayotgan qismida sodir bo`lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo`yicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqla Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Komissiyaga sodir bo`lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o`rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga yordam ko`rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.
Eslatib o`tamiz, jabrlanganlar bo`yicha SSV rasmiy xabar bergandi. Ayrim manbalar 20 nafardan ortiq ishchining qolib ketganini aytmoqda.
So`nngi ma`lumotlarga ko`ra esa ro`y bergan er o`pirilishi hodisasi oqibatida kamida uch kishi halok bo`lgani tasdiqlandi.






