Chilonzor tumani migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi xodimlari tumanda yashovchi 99 yoshli fuqaroga biometrik pasport topshirishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Yaqinda Chilonzor tumani MvaFR bo`limiga 99 yoshli Muazzam Karimovaning qarindoshlari murojaat qilib, eski nusxadagi pasportni o`rniga biometrik pasport olishda yordam so`rashdi. Yoshlari katta bo`lganligi sababli, Muazzam Karimova bo`limga kela olmadilar. Muazzam Karimovaning uyiga MvaFRB xodimlari guruhi biometrik ma`lumotlarni olish ko`chma stansiya bilan kelishdi. Xodimlar pasport tez orada tayyor bo`lishini ma`lum qildilar.
Keksa yoshlariga qaramasdan Muazzam-aya mehmonlar bilan uzoq suhbat qilib, ularga uzoq umr ko`rish sirlari, xususan, sog`lom turmush tarzi haqida gapirib berdi. Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari Muazzam-aya va uning qarindoshlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladilar va keyingi yil albatta yuz yillik yubileylariga sovg`alar bilan kelishlarini va`da qilishdi.