Kecha, 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.
Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, shuningdek to`rtinchi jasadning ham shaxsiga aniqlik kiritilgan edi.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda halok bo`lgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilib, shaxsi aniqlangan edi.
Ayni paytda "Darakchi" manbasining xabar berishicha, fojeda halok bo`lgan oltinchi jasad ham topildi.






