1

Yunusobod fojeasiga davlat kanallari e`tibor qaratgisi kelmayapti, yoxud «O`zbekiston-24» nega tomoshabin bo`lib o`tiribdi?

Jamiyat 19.12.2019, 11:13
Yunusobod fojeasiga davlat kanallari e`tibor qaratgisi kelmayapti, yoxud «O`zbekiston-24» nega tomoshabin bo`lib o`tiribdi?

Avval xabar berilganidek, 18 dekabr, kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Ayni paytda keng jamoatchilik, OAV va hukumat e`tibori ana shu mudhish fojeaga qaratildi. Biroq, xolis fikrchi bloger xalqni og`ir qayg`uga solgan halokatga rasmiy telekanallar  bee`tibor bo`layotganidan xavotirlanmoqda.

"Sog`liqni saqlash vazirligining axborotida hozircha jarohatlanganlar yo`q, deyilgandi. Afsus, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishida ro`y bergan fojia qurbonlari 18 dekabrda to`rt nafarga etdi. (O`tganlarning oxirati obod bo`lsin! Yaratgan yaqinlariga sabr bersin!)

Hammani qayg`uga solgan bu ko`ngilsiz hodisaga davlat telekanallari negadir e`tibor qaratgisi kelmayapti. «O`zbekiston-24»ning salkam bir soat davom etgan «Axboroti»da ham lom-mim deyilmadi. Harom ichakday cho`zilgan dastur bayramoldi yarmarkalardagi arzonlantirilgan mahsulotlar sotilayotganiga bag`ishlangan syujet bilan yakunlandi. 

Tunu kun axborot uzatishga ixtisoslashgan kanal jamoasining nega metro qurilishidagi baxtsiz hodisani yoritishga jur`ati etmayapti? Nima uchun aqalli, hukumat farmoyishi, vazirlik va idoralarning rasmiy xabarlarini berishni ham o`zlariga ep ko`rmayapti? 

Telekanalning bir chetda tomoshabin bo`lib o`tirishining sababi nimada ekan-a?" — deya, savolga javob kutmoqda bloger.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1