1

“Adolat” partiyasi metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtiruvchi nom berish g`oyasini qo`llab-quvvatladi

Jamiyat 19.12.2019, 12:07
“Adolat” partiyasi metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtiruvchi nom berish g`oyasini qo`llab-quvvatladi

“Adolat” SDP Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishi qurilishi vaqtida er o`pirilishi oqibatida ro`y bergan fojiada halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda quyidagilarni ma`lum qildi.

Shu yilning 18 dekabrida metroning Yunusobod yo`nalishida ro`y bergan baxtsiz hodisa ko`pchilik qatori bizni ham chuqur qayg`uga soldi.

Bu dunyodan ko`z yumgan aka-ukalarimizning oxiratlari obod bo`lsin! Ular hayotni erta tark etgan bo`lishlariga qaramay o`zlaridan yaxshi nom va kerakli iz qoldirishga ulgurishdi. 

Vatan va xalq uchun xizmat qilish katta savob va xayrli amaldir. Biz ularning mehnatlarini doim qalbimizda saqlaymiz!

“Adolat” SDP halok bo`lganlarning oila a`zolariga ta`ziya izhor etamiz. Ularning ota-onalariga o`zini yurt obodligi va xalq farovonligi yo`lida xizmat qilishga bag`ishlagan farzand tarbiyalaganlari uchun minnatdorlik bildiramiz. 

Kutilmagan fojia va ayriliqqa bardosh berishda cheksiz sabr tilaymiz!

Shuningdek, partiyamiz blogerlar tomonidan taklif etilayotgan metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtirishni ifodalovchi nom berish g`oyasini qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilamiz.

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 dekabr kuni kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, keyin to`rtinchi hamda beshinchi jasadning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Xalq demokratik partiyasi rasmiy bayonot bilan chiqqan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1