1

Bosh prokuratura: Toshkent metropolitenida yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 19.12.2019, 12:44
Bosh prokuratura: Toshkent metropolitenida yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

“Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258 (Tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.”

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 dekabr kuni kuchli yomg`ir natijasida, Yunusobod metrosini kengaytirish uchun qurilish maydonchasining ochiq qismida favqulodda holat (qisman er ko`chishi — qulash) yuz berdi.

Bundan oldin, dastlab, ikki kishining, so`ng yana bir insonning, keyin to`rtinchi hamda beshinchi jasadning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1