1

«O`zbekiston temir yo`llari» raisi: “Fojiali vafot etgan insonlarning oilalari uchun munosib hayotni ta`minlashga va`da beraman”

Jamiyat 19.12.2019, 13:01
«O`zbekiston temir yo`llari» raisi: “Fojiali vafot etgan insonlarning oilalari uchun munosib hayotni ta`minlashga va`da beraman”

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ raisi Xusniddin Xosilov Yunusobod yo`nalishi qurilishi vaqtida er o`pirilishi oqibatida ro`y bergan fojiada halok bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qildi.

Barcha xodimlar va o`z nomidan Yunusobod yo`nalishi qurilishi vaqtida er o`pirilishi oqibatida ro`y bergan fojiada halok bo`lgan qurbonlarning qarindoshlari va do`stlariga va barcha yaqin insonlariga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Yuragim tuzatib bo`lmaydigan yo`qotish uchun qayg`u va hamdardlikka to`la. Biz uchun bu yigitlar har doim o`z yaqinlariga ko`p yaxshilik qilgan haqiqiy qahramonlar bo`lib qoladilar! ...

Inson hayoti bebaho va hech qanday kompensasiya yaqinlarini yo`qotgan oilalarning ushbu tuzatib bo`lmaydigan yo`qotishlarini to`liq qoplamaydi. O`z nomimdan, fojiali vafot etgan bolalarning oilalari uchun munosib hayotni ta`minlash uchun hamma narsani qilishimizga va`da beraman”.

Avval xabar berganimizdek, Hukumat farmoyishi (1058-F, 18.12.2019 y.) bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining qurilayotgan qismida sodir bo`lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o`rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo`yicha Hukumat komissiyasi topshirig`iga asosan har bir oilaga 100 million so`mdan mablag` puli ajratildi. 

Shuningdek, qurbonlarning oilalari uchun motam tadbirlari va dafn marosimlarini tashkil etishda har tomonlama yordam ko`rsatish topshirildi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot-media markazi xabar berdi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1