1

Nuriddin Murodov: «Metroda sodir bo`lgan voqea uchun mutasaddilar xalqdan uzr so`rasin!»

Jamiyat 19.12.2019, 13:38
Nuriddin Murodov: «Metroda sodir bo`lgan voqea uchun mutasaddilar xalqdan uzr so`rasin!»

Bugun xalqaro press klubda bo`lib o`tayotgan "Saylov kampaniyasini 80 kuni: qanday va`dalar berildi va imkoniyatlardan qanday foydalanildi?" mavzuidagi PRESS-KOFEida O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi a`zosi Nuriddin Murodov kuni kecha bo`lib o`tgan Yunusoboddagi metro avariyasi xususida fikr bildirdi.

«Xalqimiz yirik qurilish obektlarini qurib bitkazishni bayramlarga to`g`irlashga mutlaqo norozi. Bizning partiya  ham bu amaliyotga qarshi. Metroda sodir bo`lgan voqeani nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bo`lishi kerak. Voqea-hodisani o`rganish o`z yo`liga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr so`rasin!»  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1