AsosiyJamiyat

O`zbekiston «Yil mamlakati» deb tan olindi

'O`zbekiston «Yil mamlakati» deb tan olindi'ning rasmi

Dunyodagi eng obro`li nashrlardan biri “Economist” O`zbekistonni «Yil mamlakati» deb tan oldi. Bunday tanlovga yil bo`yi eng ko`p ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar sazovor bo`ladi.

Majburiy mehnatning qariyb yo`q qilinishi, «Jasliq»ning yopilishi, chet el jurnalistlarining ishlashiga berilgan ruxsat, biznesmenlarga tegmaslik siyosati, chegaralarning ochilishi, chet ellik mutaxassislarning taklif etilishi O`zbekistonni «Yil mamlakati» deb e`lon qilinishiga sabab bo`ldi, deyiladi maqolada.

«O`zbekiston hali ko`p ish qilishi kerak, lekin bu yili ulardan ko`p ildamlagan mamlakat bo`lgani yo`q», deya xulosa qiladi maqola muallifi.

    Boshqa yangiliklar