AsosiyJamiyat

Inspektorlar yolg`iz yashayotgan keksalarning uyiga kelib ro`zg`origa yordam berishga kelishib olishdi

'Inspektorlar yolg`iz yashayotgan keksalarning uyiga kelib ro`zg`origa yordam berishga kelishib olishdi'ning rasmi

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda Toshkent mahallalarida yashovchi aholining muammolari o`rganilganda, IIBB xodimlari ba`zida keksa insonlarning yolg`iz yashayotganligiga guvoh bo`lardilar. Katta yosh va kasalliklar sababli ular mustaqil ravishda ro`zg`or bilan shug`ullanishga qodir emaslar.

Yaqinda Yakkasaroy tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari “Damariq” mahallasini ko`zdan kechirish davomida 89 yoshli R. Bekmuhammedovadan xabar olishda. Raisa Yoqubovna yolg`iz istiqomat qiladi, uni parvarish qiladigan, ro`zg`origa yordam beradigan hech kim yo`q. IIBB xodimlari befarq bo`lmadilar va R. Bekmuhammedovaning uyiga yana bir bor kelib, uy va hovlini saranjom qildilar. Oldindan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, uy-joy tozalanganidan so`ng tushlik va kechki ovqat tayyorlashdi. Yakkasaroy tumani xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari navbat bilan Raisa Yoqubovnaning uyiga kelib, uning ro`zg`origa yordam berishga kelishib olishdi.

Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha profilaktika inspektorlari ham yaqinda o`z tumanlarida yashovchi keksa ayolga yordam ko`rsatishdi.

67 yoshli Z. Karimova “Foziltepa” mahallasidagi ko`p qavatli uyda yolg`iz istiqomat qiladi. Ma`lum bo`lishicha, Zulfiya Valievna sog`lig`i bilan bog`liq muammolari sababli pensiyasini to`laligacha dori-darmon va oziq-ovqatga sarflashga majbur. Kommunal xizmatlar uchun to`lovga pul qolmaganligi, qarzlar to`planib qolganligi sababli, Z. Karimovaning uyida gaz va elektrni o`chirib ketishgan.

Zulfiya Valievnaning ijtimoiy muammolaridan xabar topib, Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari yordam ko`rsatishga qaror qilishdi. IIO FMB boshlig`ining tashabbusiga ko`ra, pensioner xonadoni ta`mirlandi. Bundan tashqari, befarq bo`lmagan insonlar yordami bilan kommunal xizmatlar bilan bog`liq qarzlar uzildi va xonadonda gaz va elektr qayta ulandi. Oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilindi.

Uchtepa tumani aholisi bilan suhbat davomida, xodimlarga “Yusuf Sakkokiy” mahallasida yolg`iz yashovchi 71 yoshli X. Usmonov haqida xabar berishdi. 1-guruh nogironligi bo`lgan Xasan Islomovich ham moddiy va ma`anaviy ko`makka muhtoj edi. Eng katta muammosi – mustaqil harakatlanish imkoniyati yo`qligi. Pensionerning gaplariga qaraganda, unga sovg`a qilingan nogironlar aravachasi, Yangi yilga eng katta sovg`a bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar