AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog`adi

'Dam olish kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog`adi'ning rasmi

2019 yil 21-22 dekabr kunlari A-373 «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi, tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-23 m gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo`lishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabat bilan, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e`tibor qaratishni so`ragan.

 

    Boshqa yangiliklar