AsosiyJinoyat

Uka akasining qotiliga aylandi

'Uka akasining qotiliga aylandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Kegeyli tumanida ayanchli voqea ro`y berdi.

Shu tumanda yashovchi A.X. hamda uning akasi, Nukus shahrida istiqomat qiluvchi B.X. o`rtasida janjal kelib chiqadi. Jahlini jilovlay olmagan A.X. janjal paytida mast holda akasining turli joylariga uradi. Natijada B.X. boshi bilan erga yiqilib tushadi va jiddiy jarohat oladi. Bu haqda Postda sayti xabar berdi.

B.X. voqea joyida dunyodan ko`z yumadi.

Hozirda A.X. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar