AsosiyJamiyat

Kurashgan sari pirotexnika savdosiga intilish davom etmoqda...

'Kurashgan sari pirotexnika savdosiga intilish davom etmoqda...'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qattiq kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha pirotexnika vositalarini pullab boyimoqchi bo`lgan, ularni yashirin yo`llar orqali respublikamiz hududiga olib kirishga uringan kimsalarning qanchasi qo`lga tushdi, qanchasi noqonuniy savdoga tikkan mablag`idan ajraldi. Ammo fuqarolar salomatligini xavf ostiga qo`yib, mo`may daromad orttirishni niyat qilgan "tadbirkorlar"ni to`xtatib bo`lmayapti.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bitta shunday huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro U.J boshqaruvida bo`lgan “Matiz” rusumli avtotransport vositasi to`tatilib ko`zdan kechirilganida, avtomashina salonida fuqaro I.Fga tegishli hech qanday xujjatlari bo`lmagan 27 000 dona “Korsar 1 K0201” yozuvli pirotexnika vositalarini yashirincha sotish maqsadida olib kirayotganida xolislar ishtirokida qo`lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimi F.Karimov Darakchi.uz ga xabar berdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar