AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev fojiada halok bo`lgan qashqadaryolik to`rt yigit xonadonida bo`ldi

'Zoyir Mirzaev fojiada halok bo`lgan qashqadaryolik to`rt yigit xonadonida bo`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`lining yangi qurilayotgan qismida baxtsiz hodisada yuz berdi. Unda yakuniy qidiruv-tintuv ishlari natijasida 6 kishining jasadi topilgani ma`lum qilindi. Ulardan to`rt nafari qashqadaryolik o`g`lonlar edi.

Bular:

1. Diyarov Anvar Normuratovich - 1986 yilda Yakkabog` tumanida tug`ilgan.

2. Abdullaev Oybek Turaevich - 1989 yilda Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog`ida tug`ilgan.

3. Ravshanov Jonibek Islomovich - 1989 yilda Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog`ida tug`ilgan.

4. Abdullaev Davronbek Botir o`g`li - 1999 yilda Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog`ida tug`ilgan. 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev mudhish voqeada qurbon bo`lgan vohaliklar oilasi xolidan xabar oldi va ularga hamdardlik bildirdi.

“Ular farzandlari kelajagi va oilasining bekamu ko`st yashashi uchun pul topish niyatida halol mehnat qilishayotgan edi. 

Bugun erta tongdan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev va boshqa rahbarlar marhumlarning oilalarida bo`lib, yaqinlari va oila a`zolariga hamdardlik bildirishdi. 

Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a`zolariga barcha zarur moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.

Marhumlarning yaqinlari va oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz va sabr tilaymiz!”, — deyiladi rasmiy xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar