AsosiyJamiyat

Toshkentda otadan 26 million so`m 6 yillik aliment qarzdorligi undirildi

'Toshkentda otadan 26 million so`m 6 yillik aliment qarzdorligi undirildi'ning rasmi

Sergeli tumanida oilalardan birining buzilishi oqibatida norasida go`dak ham ota mehridan, ham moddiy ta`minotdan ayrilishiga to`g`ri keldi. Ota-onalarning ajrashishi jarayonida sud tomonidan bolalarning moddiy ta`minoti uchun javobgarga aliment to`lash majburiyati yuklatilgan. Lekin belgilangan aliment yillar davomida qarzdor, ya`ni o`sha bolalarning “otasi” tomonidan to`lanmay kelinayotgan edi.

Sergeli tuman prokuraturasiga fuqaro A.Abdurahmonova sobiq turmush o`rtog`i M.Ishkin aliment to`lovlarini 2013 yildan buyon to`lamasligini, qarzdorda hozirgi kunda aliment to`lovi bo`yicha 26 million 305 ming 600 so`m qarzi borligini o`z murojaatida ma`lum qilgan.

Shundan kelib chiqib, Sergeli tuman prokuraturasining hamkorligida tuman MIB bo`limining tezkor harakatlari natijasida qarzdor topilib, mavjud qarzdorlik to`liq undirilib, 26 million 305 ming 600 so`m aliment pullari bolalar tarbiyasi bilan yolg`iz shug`ullanishga majbur bo`layotgan onaga undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar