AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 7-sinf o`quvchisi uni mazax qilgan sinfdoshini daryoga cho`ktirib o`ldirdi

'Surxondaryoda 7-sinf o`quvchisi uni mazax qilgan sinfdoshini daryoga cho`ktirib o`ldirdi'ning rasmi

Surxondaryo daryosining Qumqo`rg`on tumani “Xo`jamulki” mahallasi yonidan oqib o`tuvchi qismida maktab o`quvchisi jasadi topildi. Ushbu holat bo`yicha Surxondaryo viloyati XTB tafsilotlarni ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 12 dekabr kuni soat 17:00 lar atrofida Qumqo`rg`on tumani ”Xo`jamulki” mahallasida joylashgan 6-sonli umumta`lim maktabining 7-sinf o`quvchisi 2006 yilda tug`ilgan B.O`. o`zining sinfdoshi 2006 yilda tug`ilgan A.Sh. tomonidan kaltaklangan va Surxondaryo daryosining “Xo`jamulki” mahallasi yaqinidan oqib o`tuvchi qismiga cho`ktirib yuborilgan.

O`tkazilgan surishtiruvlar natijasida B.O`. (vofot etgan o`quvchi) maktabda o`qishlari qoniqarli bo`lgan, uning maktab ichki tartib qodialariga rioya etmasligi bo`yicha maktab ma`muriyati tomonidan ota-onalar yig`ilishlarida onasiga og`izaki bildirish berilgan. Ushbu o`quvchining otasi bir necha yillardan buyon Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi sababli onasi tarbiyasida bo`lgan.

A.Sh. (urgan o`quvchi) maktabda yaxshi baholarga o`qib kelgan va sinfning faol o`quvchilaridan bo`lgan, sinfdoshi B.O`. bilan bir-birini mazax qilishi natijasida o`zaro tortishib qolishgan va ular o`rtasida janjal kelib chiqqan, B.O`.ning bosh orqa qismiga A.Sh. tayoq bilan urgan va suvga itarib yuborgan.

Surishtiruvlar jarayonida shu maktabning 6-sinf o`quvchisi, 2007 yilda tug`ilgan O`.J.ning ular o`rtasidagi tortishuvga guvoh bo`lganligi voqeya jarayoniga aralashmaganligi aniqlandi.

Hozirda jinoyatni sodir etgan ikki nafar voyaga etmagan bolalarga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar