AsosiyJamiyat

Farg`onada sifati kafolatlanmagan gaz hisoblagichlar fosh etildi

'Farg`onada sifati kafolatlanmagan gaz hisoblagichlar fosh etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.D. boshqaruvidagi “Ford  Tranzit” rusumli  yuk avtomashinasi kuzatuvga olindi va avtoulov fuqaro S.A.ning xonadoni oldida to`xtaganida belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, avtomashina yukxonasidagi oldindan tayyorlangan xufiya joyda tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 98 million so`mlik 122 dona “Novator” nomli hamda 200 dona “SGM” nomli gaz hisoblagichlari yashirilganligi aniqlandi.

Shundan so`ng, fuqaro S.A.ga tegishli xonadon ham xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.

Tekshiruv davomida xonadonda umumiy qiymati 94,8 million so`mlik 294 dona “SGM” nomli gaz hisoblagichlari borligi ma`lum bo`ldi.

Tadbir davomida jami 192,2 million so`mlik 616 dona sifati kafolatlanmagan gaz hisoblagichlari ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Boshqa yangiliklar