AsosiyJamiyat

Kontrakt pullarini to`lash muddati uzaytirildi

'Kontrakt pullarini to`lash muddati uzaytirildi'ning rasmi

Davlat qabul komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 6-son bayoni bilan oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura ta`lim yo`nalishlariga to`lov-kontrakt shartnoma asosida pul o`tkazib berish muddati uzaytirildi.

 Bu tartib kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta`lim shakllarini, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qish istagini bildirgan, o`qishi ko`chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy davlatlardan kelib o`qiyotgan talabalarni qamrab oladi.  

To`lov-kontrakt mablag`larining birinchi yarmini o`tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati etib 2019 yil 31 dekabr (shu kuni ham) belgilandi.

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

Boshqa yangiliklar