AsosiyJamiyat

MDH mutasaddisi: O`zbekiston xalqi va hukumati qisqa vaqt mobaynida haqiqiy demokratik yo`lni bosib o`tdi

'MDH mutasaddisi: O`zbekiston xalqi va hukumati qisqa vaqt mobaynida haqiqiy demokratik yo`lni bosib o`tdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O`zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo`nalishlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan MDH Ijro qo`mitasi axborot-tahlil departamenti direktori A.Zavarzin fikricha,O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari Prezident Sh.Mirziyoevning davlatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalari bo`yicha chuqur bilim va yuksak malakaga ega ekanligidan dalolat beradi. O`zbekiston xalqi va hukumati qisqa vaqt mobaynida bugun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan haqiqiy demokratik yo`lni bosib o`tishdi.

    Boshqa yangiliklar