Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 7 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
21.12.2019 yil kuni soat 01:55da, Shayxontohur tumani, Tutzor berk ko`chasi 37-uyning ichki va tom qismi 100 kv.m. maydonida yonib, yong`inni tarqalishi oqibatida qo`shni uyning tom qismi 10 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan uylarning 400 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:06da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 02:23da qurshab olinib, soat 02:41da bartaraf etilgan.
Yong`in 37-uyning elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 5 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`ramoqda.






