AsosiyJamiyat

Yangilik! Toshkentdan vodiy bo`ylab avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'Yangilik! Toshkentdan vodiy bo`ylab avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“Qamchiq” dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko`chishi xavfi mavjudligi bois haydovchilar va yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida, dovon bo`ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to`xtatildi. 

"Qamchiq" dovoni yo`nalishidan foydalanadigan barcha yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg`ona vodiysiga buyurtma avtobus katnovi yo`lga qo`yildi. 

Mazkur yo`nalishda "Uzautotrans service" korxonasi Yutong avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. Toshkentdan yo`lga chiqqan avtobus Andijon, Farg`ona va Marg`ilon shaharlari bo`ylab harakatlanadi. 

Avtobus Qo`yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo`lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo`lovchilar o`z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim, deyilmoqda Transport vazirligi rasmiy xabarida.

    Boshqa yangiliklar