AsosiyJamiyat

Ovozlarning dastlabki natijasi qachon e`lon qilinishi ma`lum bo`ldi

'Ovozlarning dastlabki natijasi qachon e`lon qilinishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor bugun ertalab 8:00 dan e`tiboran xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonga start berilib, fuqarolar ovoz berish berishni boshladilar.

Tadbirda ma`lum qilinishicha, bu yilgi saylovlar “Yangi O`zbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida o`tkazilyapti.

Xususan, ayni paytda xalqaro matbuot markazida 60 ta monitor o`rnatilgan. Bu esa saylov jarayonlarini kuzatib boruvchilar uchun katta qulayliklar tug`dirmoqda.

MSK raisining aytishicha, hozirgi vaqtga qadar saylov qonunchiligi buzilishi haqida xabar kelib tushmagan. Bu esa saylov jarayonlarining milliy qonunchiligimiz asosida o`tayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, O`zbekiston vakillik organlariga bo`lib o`tayotgan saylovning dastlabki natijalari bugun, 22 dekabr kuni soni 23:00da e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar