AsosiyJamiyat

Jazoni ijro etish muassasalaridagi fuqarolar qanday ovoz beryapti?

'Jazoni ijro etish muassasalaridagi  fuqarolar qanday ovoz beryapti?'ning rasmi

Xalqaro matbuot markazida mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirokida tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq so`zi nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, respublikamizdagi saylovchilarning har biri yagona ma`lumotlar bazasiga kiritildi. Saylovgacha bo`lgan targ`ibot tadbirlarida IIV tomonidan xavfsizlik ta`minlangan.

Saylovgacha bo`lgan muddatda pasportini yo`qotgan 19619 nafar fuqarolarning ro`yxati shakllantirilib, ularga rasmiylashtirib berildi. Bu esa ularning saylovlarda ishtirokini ta`minlashga yo`l ochdi.

“Jazoni ijro etish muassasalaridagi 3619 nafar fuqaro ovoz berish imkoniyatiga ega. Ular uchun jami 25 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, — deydi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonov.

    Boshqa yangiliklar