AsosiyJamiyat

Endi ayrim “makler”lardan lisenziya talab qilinmaydi

'Endi ayrim “makler”lardan lisenziya talab qilinmaydi'ning rasmi

Rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ko`rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida haqini oldindan to`lamasdan rieltorlik xizmatlari ko`rsatishga haqli. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rieltorlik faoliyatini lisenziyalash to`g`risidagi ma`muriy reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida keltirib o`tilgan, deya xabar bermoqda Qalampir.

Hujjatda belgilanishicha, endilikda rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyalar olish haqidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O`zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ko`rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida haqini oldindan to`lamasdan rieltorlik xizmatlari ko`rsatishga haqli.

Rieltorlik faoliyati quyidagi rieltorlik xizmatlari turlarini ko`rsatish yo`li bilan amalga oshiriladi:

•  ko`chmas mulk ob`ektlariga va ularga bo`lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog`ida vositachilik qilish;
•  ko`chmas mulk ob`ektlarining va ularga bo`lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
•  ko`chmas mulk ob`ektlarini ishonchli boshqarish.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko`chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini amalga oshirish uchun lisenziya olish talab etilmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari va lisenziyalovchi organ o`rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo`llash orqali faqat idoralararo elektron o`zaro bog`lanish yordamida amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar