Prokuratura tomonidan saylov jarayonidagi qonun buzarlik holatlarini o`rganish uchun tashkil etilgan Shtabga kelib tushgan murojaatlarning 11 tasida mahalliy ijroiya hokimiyat organlari vakillari saylov jarayoniga noqonuniy aralashganligi haqidagi vajlar bayon etilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi, yoki qarib 56 foizida siyosiy partiyalar tomonidan muayyan shaxslarning nomzod sifatida ko`rsatilmaganligi, buning oqibatida ular saylovda ishtirok eta olmaganligi qayd etilgan.
Hamda murojaatlarning 7 tasida nomzodlar deputatlikka mos emasligi hakida vajlar keltirilgan, deya ma`lum qildi O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori N.Yo`ldoshev.






