1

Sirdaryodagi tergov hibsxonasida 230 nafar shaxs yangi normaga binoan saylov huquqidan foydalandi

Jamiyat 22.12.2019, 16:26
Sirdaryodagi tergov hibsxonasida 230 nafar shaxs yangi normaga binoan saylov huquqidan foydalandi

Yangi qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksiga ko`ra qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkinligi, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan,uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etib, ehtiyot chorasi qo`llanilgan hamda sud tomonidan hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkum va mahbuslarning saylovda ovoz berish huquqidan foydalanishi belgilab qo`yildi.

Bugun bo`lib o`tayotgan saylovlarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi 8-tergov hibsxonasida saqlanayotgan 230 nafar shaxs saylov qonunchiligidagi ana shu yangi normaga binoan saylov huquqidan to`la foydalandi, — deydi 298-uchastka saylov komissiyasi a`zosi Shamsiddin Saitqulov. 

Qonunga ko`ra uchastka saylov komissiyamiz tarkibiga muassasadan tashqaridan ham, ya`ni mahalla raisi va faollaridan iborat uch a`zo ham kiritildi va ular saylov jarayonida ishtirok etishdi. Ovoz berish jarayoni qonunda belgilangan barcha talablar asosida bo`lib o`tdi, deya yozadi “Xalq so`zi Online”.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1