Bugun, 2019 yil 22 dekabr kuni O`zbekistonda "Yangi O`zbekiston — yangi saylovlar" shiori ostida tuman, shahar va parlament deputatlariga ovoz berish jarayoni bo`lib o`tdi.
Saylovga ertalab 08:00da start berildi.
Jarayonlarni dunyo bo`yicha uzatib turish va xolisligini nazorat qilish uchun ko`plab mamlakatlardan kuzatuvchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Saylovlarni 10ta nufuzli xalqaro tashkilotdan, 50dan ortiq davlatlardan kelgan 825 nafar xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, deputatlikka nomzodlar ko`rsatgan siyosiy partiyalardan fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlaridan jami 70 minggdan ortiq kuzatuvchilar ham saylovlarni bevosita kuzatmoqda.
Saylovlarni 70dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalarining 135 nafar, shuningdek respublika miqyosidagi 238 nafar va mamlakat hudularidagi 800 ga yaqin mahalliy jurnalistlar faol yoritmoqda
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 15 noyabrdagi karoriga muvofik siyosiy partiyalardan 750 nafar Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputatligiga ko`rsatilgan nomzodlar ro`yhatga olingan edi.
21 dekabr kuniga kadar 750 nafar 6 nafari Markaziy saylov komissiyasining o`z ixtiyorlari bilan bergan arizasiga binoan, nomzodlar rӯyxatidan chikarildi va bugungi kunga kelib ushbu rӯyxatda 744 nafar nomzod mavjud.
Soat 18:00 holatiga saylovchilarning 68,7 foizi ovoz berdi. Eng ko`pi Qoraqalpog`iston Respublikasi, eng kami Toshkent shahri.
Ayni paytda esa saylovning so`nggi daqiqalari ortda qoldi,
Natijalar bo`yicha yana xabar beramiz.






