AsosiyJamiyat

UzAuto Motors avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qiladi

'UzAuto Motors avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qiladi'ning rasmi

UzAuto Motors AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qilinishi haqida rasmiy xabarnoma berdi.

Shu munosabat bilan 2019 yilning 23 dan 25 dekabrigacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berish vaqtinchalik to`xtatiladi. Inventarizasiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi, deyiladi kompaniya xabarida. Xaridorlar inventarizasiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boriladi.

Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun xaridorlardan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar