AsosiyJamiyat

Olmaota - Toshkent yo`lida 80 kishi evakuasiya qilindi

'Olmaota - Toshkent yo`lida 80 kishi evakuasiya qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 22 dekabr kuniga o`tar kechasi Olmaota - Toshkent - Termiz trassasida yo`lovchi avtobusi va bir nechta avtomobillar yo`lovchilari evakuasiya qilindi.

“Kun.uz” nashrining “Kazavtojol” davlat korxonasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ular ob-havo sharoiti yomonlashgani tufayli harakatlanishni to`xtatishga majbur bo`lishgan.

Shu bilan birga, yo`lovchi avtobusi yo`ldan chiqib ketgani aytilmoqda.

Yo`ldan foydalanish bo`yicha uchastkalar xodimlari tomonidan yo`lovchi avtobusida bo`lgan 36 kishi va engil avtomobillardan 44 kishi Turkiston viloyati Shakpak bobo qishlog`iga evakuasiya qilindi.

“Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo`llarida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida, noqulay ob-havo sharoitida Aqto`be, Sharqiy Qozog`iston, Jambil, Turkiston viloyatlarida vaqtincha cheklovlar joriy etildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar