AsosiyJamiyat

Nurjan Shayldabekova: “Demokratik debat xalqqa kim arzirli inson ekanligini ko`rsatishga yordam bera oldi”

'Nurjan Shayldabekova: “Demokratik debat xalqqa kim arzirli inson ekanligini ko`rsatishga yordam bera oldi”'ning rasmi

Xalqaro matbuot markazida Saylov-2019: MDH kuzatuvchilari missiyasi bo`lib o`tyapti.

Unda kuni kecha o`tkazilgan saylovda ovoz berish jarayonlari, aniqlangan va kuzatilgan holatlar bo`yicha xalqaro ekspertlar munosabat bildirmoqda.

Nurjan Shayldabekova (Qirg`iziston):

- ShXT, MDX, Turkiy tilli davlatlar tashkiloti doirasida jami 23 nafar qirg`izistonlik kuzatuvchilar kelgan. Bunaqa saylov kodeksi Qirg`iziston qonunchiligida yo`q. Demokratik debat xalqqa kim arzirli inson ekanligini ko`rsatishga yordam bera oldi. Yangi formatdagi saylovlar bilan tabriklayman.

Dmitriy Kobiskiy (Moldaviya):

- Nomzodlar orasida ayollarning ham borligi quvonarli hol. OAV vakillarining ham xizmatini ijobiy baholash kerak. O`z vaqtida aniq va shaffof yoritganliklari uchun.

Shuningdek, kuzatuvchilar uchun hamma eshiklar ochiqligi, ma`lumotlar ochiqligi va o`zbekcha xushmuomalalik uchun rahmat aytishdi.

Ayni daqiqalarda, Turkiy kengash missiyasi boshlandi.

    Boshqa yangiliklar